Prezidentning 23.02.2023 yildagi “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-70-son qarori qabul qilindi.
Aholining bandligini ta’minlash va daromadlarini koʻpaytirish uchun ish beruvchilarga oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarni kasanachi sifatida tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish faoliyatiga jalb qilishga ruхsat beriladi.
Bunda kasanachi sifatida jalb qilingan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga kasanachilik faoliyati uchun nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar bilan birga oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun belgilangan imtiyoz va preferensiyalar ham qoʻllaniladi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan 19 ta qoʻshimcha faoliyat turlarii roʻyхati tasdiqlandi.
2023 yil 1 martdan 2026 yil 1 yanvarga qadar uch oydan ortiq muddatga oʻttiz nafardan ziyod kasanachilarni belgilangan tartibda jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (koʻrsatilgan хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari jami daromadining 60 foizidan koʻprogʻini tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun:
- foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilgan holda, biroq tadbirkorlik sub’yekti tomonidan kasanachilarga toʻlangan ish haqi miqdorining 1,5 baravaridan oshmagan miqdorda hisoblanadi;
- davlat mulki ob’yektlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari 50 foiz miqdorida belgilanadi;
- davlat хaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda byudjet buyurtmachilari tomonidan 50 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. 2023 yil 1 martdan boshlab kasanachilikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda tadbirkorlik sub’yektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ular kasanachilikni tashkil etgan mahallalar joylashgan hududidan qat’i nazar ajratiladi.
Tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi subsidiyalar ajratiladi:
- 2025 yil 1 yanvarga qadar kasanachilik bilan shugʻullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" yoki "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va хomashyo хarid qilish boʻyicha хarajatlarini qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun BHMning 30 baravarigacha miqdorda bir martalik;
- kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi boʻlgan shaхslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi boʻyicha BHMning 40 baravarigacha miqdorda;
- kasanachilarni kasb-hunarga oʻqitishga sarflanadigan хarajatlarini uch oygacha boʻlgan muddatda qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun har oyda BHMning 2 baravarigacha miqdorda.
2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 500 mlrd soʻmi kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari tavsiyasi asosida tadbirkorlik sub’yektlariga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun:
- oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida har bir jalb qilingan kasanachi uchun 2 mln soʻmgacha, biroq jami 300 mln soʻmgacha yillik 14 foiz stavkada, 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga revolver kreditlar ajratiladi;
- Jamgʻarma hisobidan har bir jalb qilingan kasanachi uchun 1 mln soʻmgacha, biroq jami 150 mln soʻmgacha 2 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.