Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kema haydovchilarini tayyorlash tartibi belgilandi

09.07.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 04.07.2020 yildagi «Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 421-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning 01.02.2019 yildagi «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5647-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Belgilanishicha:

 

a) kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

  • Transport vazirligi – I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar boʻyicha;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi – kichik hajmli kemalar boʻyicha;
  • Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari – oʻziga tegishli I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar hamda kichik hajmli kemalar boʻyicha;

 

b) I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar va (yoki) kichik hajmli kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyat boʻyicha berilgan litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin;

 

v) avval berilgan kema haydovchisi guvohnomalari 2020 yil 31 dekabrga qadar haqiqiy hisoblanadi.

 

Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda DXX Chegara qoʻshinlariga:

a) ikki oy muddatda:   

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha namunaviy oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
kema haydovchisi guvohnomalarining blankalarini Markaziy bankning «Davlat belgisi» davlat unitar korхonasida tayyorlashni tashkil etish;

b) amaldagi kema haydovchisi guvohnomalarini kema haydovchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish natijalari boʻyicha almashtirish;

v) kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar OAV orqali keng yoritilishi ta’minlash vazifasi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 04.07.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Bahodir Qayumov.