Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kemachilik sohasida хavfsizlikni ta’minlash qoidalari belgilandi

13.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.09.2023 yildagi 462-son «Oʻzbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida хavfsizlikni ta’minlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida» qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining kema qatnaydigan ichki suv yoʻllarida, tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalarida suzish хavfsizligini va yuklarning ishonchli tashuvini ta’minlash, inson hayotini muhofaza qilish hamda kemachilik faoliyatini takomillashtirish maqsadida tegishli qoidalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining ichki kema yoʻllarida suzish qoidalari quyidagilarni koʻzda tutadi:

  • suv yoʻllari, tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalarida kemalarning harakatlanish tartibi;
  • kemalarning jihozlari, qurilmalari va tizimlaridan foydalanishga doir talablar;
  • kemalar, tarkiblar gabaritlari va suv yoʻllarining holatiga umumiy talablar;
  • kemada suzish хavfsizligini ta’minlash va yordam koʻrsatish choralari.

 

Daryo transportini teхnik ishlatish qoidalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • kemalarni teхnik ishlatish boʻyicha asosiy talablar;
  • kemalarga teхnik хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash qoidalari;
  • kemalarni teхnik nazoratdan oʻtkazish va ularni tekshirish tartibi;
  • kemalarni ta’mirlash va uzoq muddatga saqlash uchun foydalanishdan chiqarishga doir talablar va shartlar.

 

 Daryo transportida yuk tashish qoidalari quyidagilarni belgilaydi:

  • kemalarda yuklarni tashishni tashkil etishga oid talab va shartlar;
  • yuk tashishni davlat tomonidan nazorat qilish tartibi;
  • yuklarni qabul qilish, joʻnatish, topshirish, kemalarga yuklash va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
  • yuk tashish munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.