Prezidentning 29.03.2018 yildagi PQ-3634-son qarori bilan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga tuzatish kiritildi.
Birinchidan, Jamgʻarma tomonidan kichik biznesga koʻrsatiladigan moliyaviy yordam shakllari kamaydi. Jamgʻarma kichik biznesga keyinchalik kredit ajratishi uchun tijorat banklariga resurslar ajratmay qoʻyadi. Biroq ushbu muassasadan ilgarigidek kafillik (kredit miqdorining 50%igacha, ammo 2 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan hajmda) va qiymati 4 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdordagi foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya olish mumkin.
Ikkinchidan, milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini kompensatsiyalash shartlari oʻzgardi.
1,5 baravar miqdordan oshmaydigan foiz stavkasiga ega soʻmdagi kreditlar rasmiylashtirilganda qayta moliyalashtirish stavkalari 5 foiz bandgacha kompensatsiyalanadi. Ilgari esa qayta moliyalashtirish stavkasiga teng kredit boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori foiz stavkasida MB qayta moliyalashtirish stavkasining 40%igacha kompensatsiyalanar edi (ya’ni amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi yillik 14%ni tashkil etganda 5,6 foiz bandgacha – tahr.).
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tavsiyalariga binoan yosh tadbirkorlar boshlagan loyihalarni amalga oshirishga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobidan imtiyozli kredit olingan boʻlsa, bank хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya 3 foiz bandni tashkil etadi.
Uchinchidan, Jamgʻarma tomonidan beriladigan kafolatlarning eng koʻp jami miqdori Jamgʻarma mablagʻlarining 10 baravari miqdori bilan cheklangan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov.