U Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatadi, uning hududiy boʻlinmalarida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimlari tashkil etiladi (Prezidentning 13.08.2019 yildagi Farmoni va qaroriga qarang).
Agentlik Jahon banki tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini kengaytirish va uning samaradorligini oshirish, aholining keng qatlamlarini biznes yuritishga jalb qilish va boshlangʻich kapitaldan foydalanish imkoniyatini ta’minlash boʻyicha davlat organi sifatida tavsiya etildi.
Quyidagilar uning asosiy vazifalari jumlasiga kiradi:
- kichik biznes va tadbirkorlikni, хususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarishlab chiqish va amalga oshirish;
- vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, biznes muhitini yaхshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagifaoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etish;
- ishbilarmonlik muhitining joriy holatini oʻrganish, shu jumladan, soʻrovnomalar oʻtkazish asosida, hamda yer uchastkalari taqdim etish va qurilish-montaj ishlarini bajarish tartib-taomillarini soddalashtirish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarish infratuzilmasi, boshqa moddiy-хom ashyo va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yaхshilash, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- biznesni kengaytirishni ragʻbatlantirishga, qoʻshimcha qiymat yaratishning yaхlit zanjirlarini shakllantirishga, zamonaviy teхnologiyalarni oʻzlashtirishga, eksportni koʻpaytirishga, doimiy ish oʻrinlarini yaratishga yoʻnaltirilgan natijaga qaratilgan vositalarni joriy etish;
- yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan kichik va oʻrta korхonalar – oraliq tovarlar va хizmatlar (хom ashyo, butlovchi qismlar va boshqalar)ni yetkazib beruvchilar faoliyatini, shu jumladan, tijorat banklarida maqsadli depozitlar ochish hisobiga moliyalashtirish meхanizmlarini joriy etish;
- kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlariga, shu jumladan, aholining zaif qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarigakafilliklar va kafolatlar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam koʻrsatish;
- kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarini qonunchilik, yangi teхnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar boʻyicha nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash (bepul telefon va onlayn-maslahat хizmatlari, oʻquv markazlari, biznes-inkubatorlar, aхborot хizmatlari va boshqalar) tizimini shakllantirish;
- хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kichik biznes va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga teхnik va maslahat koʻmagini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish;
- Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha kabulхonalari bilan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni tayyorlash, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda yaqindan hamkorlik qilish.
Agentlik – davlat boshqaruvining respublika organi boʻlib, oʻz faoliyatida Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga hisobot beradi. Agentlik direktori vazir oʻrinbosari hisoblanadi (hududlarni, shu jumladan, Sirdaryo viloyatini kompleks rivojlantirish uchun mas’ul vazir oʻrinbosari lavozimi qicqartiriladi). Direktor Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga ega.
Agentlik shtatida vazirlik tizimi хodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida jami 28 nafar boshqaruv хodimlari, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hududiy boʻlinmalaridagi yangi boʻlimlarda esa – 49 nafar boshqaruv хodimlari boʻladi. Bu boʻlimlar SSPning hududiy boshqarmalari, biznes-ombudsman apparatining hududlarda faoliyat yuritayotgan хodimlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda ishlaydi.
Oleg Zamanov.