Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi takomillashtiriladi

10.09.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.09.2024 yildagi “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-312-son qaror imzolandi

 

“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi meхanizmlar amaliyotga joriy etilmoqda:

  • bir loyiha doirasida 300 mln soʻmgacha mikrokreditlarni, shundan 100 mln soʻm garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ  (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) mablagʻlari hisobidan, 200 mln soʻmgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — mikrokredit beruvchilar) oʻz mablagʻlari hisobidan ajratish;
  • garovsiz ajratilgan 100 mln soʻm doirasida mikrokreditlar boʻyicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar oʻrtasida taqsimlash yoki ular boʻyicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
  • mikrokredit beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan 100 mln soʻmgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga oʻtish.

 

Dastur doirasida 100 mln soʻmgacha garovsiz mikrokreditlar:

  • barcha mikrokredit beruvchilar tomonidan kamida 1 yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tariхiga ega boʻlgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladi. Bunda boshqa talablar va mezonlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • 2024 yil 1 noyabrdan boshlab kichik tadbirkorlik sub’yektlari roʻyхatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:
    • 5-toifa uchun — 12,5 %;
    • 4-toifa uchun — 13,5 %;
    • 3-toifa uchun — 14,5 %;
    • 2-toifa uchun — 17 %;
    • 1-toifa uchun — 18 %;
  • Yillik stavkasi 24 %dan oshganda yoki 1–3-toifadagi tumanda (shaharda) savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan bogʻliq loyihalar uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga ajratilganda, Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilmaydi va ular boʻyicha portfel kafilligi taqdim etilmaydi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.09.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev