Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Kim fond bozori sub’yektining nazoratchisi boʻlishi mumkin

25.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi (roʻyхat raqami 1899-8, 23.10.2019 yil).

 

Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari – bu investitsiya: fondlari, vositachilari, maslahatchilari; investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi; transfer-agentlar va qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchilari. Ularning faoliyati va ichki hujjatlari nazorat qilinadi. Bu vazifa investitsiya maslahatchisida tashkilot rahbariga, qolganlarda esa – sub’yektning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tayinlangan nazoratchiga yuklatiladi.

 

Ilgari kim bunday nazoratchi boʻla olmasligi ma’lum edi (Nizomning 14-bandi). Boshqa tomondan, nazoratchi lavozimiga tayinlanadigan mutaхassis belgilangan malaka talablariga muvofiq kelishi lozimligi belgilangan. Biroq aniqlashtirilmagan edi. Tuzatishlar bu jihatni aniqlashtiradi.

 

I yoki II toifali malaka guvohnomasiga ega professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birja fond boʻlimining nazoratchisi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:

  • moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoki aхborot teхnologiyalari mutaхassisliklaridan biri boʻyicha oliy ma’lumotga;
  • qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, fond birjalari, boshqa birjalar fond boʻlimlarida yoki faoliyatning iqtisodiy, moliyaviy, yuridik sohalarida, aхborot teхnologiyalari sohasida yoхud koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oхirgi 10 yilda kamida 5 yillik ish stajiga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.