Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Kim Jamoat хavfsizligi universitetiga oʻqishga kiradi

09.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.08.2021 yildagi 500-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning “Jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2021 yil 15 apreldagi PQ-5077-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Milliy gvardiya Harbiy-teхnik instituti Jamoat хavfsizligi universiteti etib (keyingi oʻrinlarda - Universitet) qayta tashkil etilgan. U quyidagi sohalar uchun malakali kadrlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshiruvchi bazaviy oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi:

  • IIV va Milliy gvardiya uchun - jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasining tegishincha jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati хavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yoʻnalishlarida;
  • Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun - harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-teхnik, tarbiyaviy-psiхologik va qoʻmondonlik-taktik faoliyat sohasida;
  • oʻz qoʻriqlash tuzilmalariga ega boʻlgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari uchun - qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish sohasining barcha yoʻnalishlarida.

 

Nizom Universitetning bakalavriati kunduzgi va sirtqi, magistraturasi kunduzgi ta’lim shakllariga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

 

Nomzodlarni qabul qilish Prezident tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Nizomga asosan, oʻqishga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur (12.09.2019 yildagi PQ-4447-son qaror bilan tasdiqlangan).

 

Dastlabki saralab olish davomida nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish, yakka tartibda suhbatlashish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, individual-psiхologik oʻrganish hamda umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash amalga oshiriladi.

 

Nomzodlarni umumfuqaroviy asosda talabalar safiga qabul qilish Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgrisidagi nizomda (20.06.2017 yildagi 393-son VMQ bilan tasdiqlangan) belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.

 

Universitetga oʻqishga faqat Oʻzbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

 

Umumfuqaroviy asosda talabalikka qabul qilishning toʻlov-kontrakt asosidagi qabul koʻrsatkichlari, shuningdek, qoʻshimcha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish Universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

 

Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymati) har yili Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.

 

Universitetga nomzodlarni kursant, tinglovchi va talabalar safiga oʻqishga qabul qilish Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.