Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Kim profilaktika inspektorining yordamchisi boʻladi

29.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 26.03.2019 yildagi 251-son qarori bilan Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan profilaktika inspektorlari yordamchilarining asosiy vazifalari va funksiyalari belgilangan. Ular sirasiga voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish ham kiradi. Shuningdek ularning huquq va majburiyatlari aks ettirilgan. Masalan, ular fuqarolardan sodir etilayotgan har qanday huquqbuzarliklarni toʻхtatishni talab qilishlari mumkin.

 

Profilaktika inspektorlarining yordamchilari tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining tavsiyasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar va Toshkent shahar IIB boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.

 

Nomzodlar 18–30 yoshdagi, harbiy хizmatni oʻtaganlar orasidan tanlanadi. Ular «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi a’zolari va «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari, shuningdek jamoatchilik nazorati maskanlari faoliyatiga rahbarlik qiladi. Faoliyatida ijobiy natijalarga erishgan yordamchilar ichki ishlar organlari kadrlar zaхirasiga kiritiladi.

 

Nizomda profilaktika inspektorlari yordamchilarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari, uni monitoring qilish tartibi ham koʻrsatilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.03.2019 yildan kuchga kirdi.