Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Kimyo teхnologiyalarini rivojlantirishga – $53,8 mln

02.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.01.2021 yildagi «Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti – Kimyo teхnologiyalari markazini tashkil etish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 39-son qarori qabul qilindi.

 

2019 yil 6 dekabrda Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «Oʻzkimesanoat» AJ va Koreya Respublikasining Eksimbanki oʻrtasida Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti – Kimyo teхnologiyalari markazini tashkil etish investitsiya loyihasini birgalikda amalga oshirish va moliyalashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzaro anglashuv  memorandumi imzolangan.

 

Loyihani amalga oshirish uchun «Oʻzkimyosanoat» AJ muassisligida «Toshkent kimyo-teхnologiya ilmiy tadqiqot instituti» MChJ tashkil etildi.

 

2020 yil may oyida umumiy qiymati 53,8 mln AQSh dollariga teng boʻlgan loyihaning TIAsi tasdiqlandi va belgilangan tartibda vakolatli davlat organlarida ekspertizadan oʻtkazildi. Loyiha 2024 yil dekabrda ishga tushiriladi.

 

Quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • Koreya Respublikasi Eksimbanki tomonidan 40 yil muddatga, shu jumladan 10 yil imtiyozli davr bilan, yillik foiz stavkasi 0,15 foizni tashkil etuvchi 40 mln AQSh dollari miqdorida ajratiladigan kredit;
  • «Oʻzkimyosanoat» AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning sof foydasidan Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalariga ajratiladigan mablagʻlarning 50%ini yoʻnaltirish hisobidan 13,8 mln AQSh dollari.

 

Qaror bilan loyihaning teхnik-iqtisodiy parametrlari, loyiha boʻyicha asosiy qarzni, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarish prognoz jadvali tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, Koreya Respublikasi Eksimbanki krediti boʻyicha asosiy qarz, unga hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlar «Oʻzkimyosanoat» AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning sof foydasi, Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari mablagʻlari hamda Toshkent kimyo-teхnologiya ilmiy tadqiqot institutining innovatsiyalar va patentlarni sotishdan tushgan tushumlari hisobidan qoplanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.01.2021 yildan kuchga kirdi

 
Lola Abduazimova.