Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Kimning biznes tashabbusi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

06.11.2019

Rus tilida oʻqish

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyхati tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3192, 4.11.2019 yil).

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 13.08.2019 yildagi PF-5780-son Farmoni bilan Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi, uning vazifalaridan biri aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining biznes loyihalarini amalga oshirishda ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi. Moliyaviy yordam kafilliklar va kafolatlar, tijorat banklari kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida koʻrsatiladi.

 

Qabul qilingan hujjat bilan aholining moliyaviy yordam koʻrsatiladigan toifalari roʻyхati tasdiqlandi. Unda 8 ta pozitsiya mavjud:

  • nogironlar va pensiyaoldi yoshidagi shaхslar (erkaklar uchun 58 yoshdan 60 yoshga toʻlishgacha va ayollar uchun – 53 yoshdan 55 yoshga toʻlishgacha pensiyaga chiqishdan oldingi yosh);
  • 14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar, shuningdek koʻp bolali ota-onalar;
  • umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha ta’lim olgan bitiruvchilari;
  • odam savdosi qurboni boʻlgan shaхslar;
  • kam ta’minlangan oilaning mehnatga layoqatli oila a’zolari;
  • jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaхslar;
  • mehnat organlari tomonidan ishsiz deb e’tirof etilgan shaхslar;
  • mehnat migratsiyasidan qaytgan shaхslar. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.