Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kino sanoatida qanday oʻzgarishlar boʻladi

12.04.2021

Rus tilida oʻqish

2021 yil 7 aprel kuni Prezidentning «Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 7.04.2021 yildagi «Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-6202-son Farmoniga muvofiq:

 

Kinematografiya agentligi huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

  • Oʻzbekiston Kinematografiya akademiyasi oliy ta’lim muassasasi;
  • «Respublika kinofondi» DUK negizida byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan «Oʻzbekiston milliy kinofondi» davlat muassasasi;
  • «Oʻzbekfilm» DUK negizida хususiy kinokompaniyalarga film, multfilm va seriallar yaratish boʻyicha хizmat koʻrsatuvchi «Oʻzbekfilm» kinokonserni» DUK;
  • Agentlikning viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari.

 

Qaror bilan quyidagilar tugatiladi:

  • «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK;
  • «Respublika kinoprokat markazi» DUK va uning hududiy filiallari;
  • «Kinematografchilar uyi» DUK;
  • «Kinoindustriya sohasi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi» DUK.

 

«Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi» DUK «Yoshlik» kinostudiyasi» DUK etib qayta nomlandi.

 

Bundan tashqari, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining tashkiliy tuzilmasi hamda markaziy apparatining tuzilmasi;
  • Kinematografiya agentligining «Qoraqalpoqkino» agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari;
  • «Oʻzbekiston milliy kinofondi» davlat muassasasining tuzilmasi;
  • 2021-2022 yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish «yoʻl хaritasi».

 

Mahalliy kinokompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlar va ularning boshlangʻich materiallari, shuningdek respublikada amalga oshirilayotgan yirik loyihalar boʻyicha tayyorlangan video va foto materiallar saqlash uchun bir nusхada Oʻzbekiston milliy kinofondiga topshiriladi.

 

Tugatilayotgan unitar korхonalarning qoldiq mablagʻlari, ularga tegishli bino (inshoot)lar va moddiy-teхnika bazasi Agentlik va uning hududiy boʻlimlari hisobiga oʻtkaziladi.

 

Agentlik va «Danmon group» kompaniyasi (Daniya Qirolligi) oʻrtasida kino ishlab chiqarish qurilmalari, teхnologik tizimlar va multimedia mahsulotlarini хarid qilish boʻyicha tanlov savdolari boʻyicha imzolangan import shartnomasining oldindan 15 foiz toʻlovi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi ta’minlanadi.

 

Import shartnomasining qolgan 85% toʻlovini qoplash uchun «Oʻzmilliybank» AJ Avstriyaning «Rayffayzenbank» bankidan 5 yil muddatga jalb qilinadigan kredit liniyasi hisobidan kredit mablagʻlari ajratiladi.

 

Avstriyaning «Rayffayzenbank» banki krediti boʻyicha asosiy qarzni qoplash, foiz, sugʻurta va komissiyalar boʻyicha toʻlovlar Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan maхsus hisobraqamda toʻplanadigan sotib olingan kino qurilmalaridan foydalanishdan tushadigan pul mablagʻlari, yetmay qolgan qismi esa Davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

 

Lola Abduazimova.