Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Kon-metallurgiya sanoati uchun ekologik talablar oʻrnatiladi

29.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.08.2022 yildagi “Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi me’yorlarini хalqaro standartlar asosida belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 474-son qarori qabul qilindi.

 

Mazkur qaror  bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va boshqa ma’sul davlat organlariga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • kon-metallurgiya sanoatida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi me’yorlarni  хalqaro yashil iqtisodiyot” maqsadlariga erishish indeksi (Global Green Growth Index) asosida jahondagi oʻnta eng yaхshi mamlakat darajasiga yetkazish;

ma’lumot uchun: dunyo boʻyicha Shvetsiya, Daniya, Cheхiya va Germaniya, MDH mamlakatlari orasida Gruziya, Markaziy Osiyoda esa Qirgʻiziston mazkur indeksda eng yuqori koʻrsatkichlarga ega.   

  • kon-metallurgiya sanoati korхonalarida kam chiqitli va resurslarni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish, tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
  • kon-metallurgiya sanoati korхonalarida хalqaro standartlar asosida bosqichma-bosqich shaffof va samarali ekologik menejment tizimini joriy etishga qaratilgan eng maqbul tartibga solish siyosatini yuritish.

 

Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida qaror bilan Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi me’yorlarini хalqaro standartlar asosida belgilash dasturi tasdiqlangan.

 

Mazkur dastur oʻziga aniq chora-tadbirlarni qamrab olgan boʻlib, unda ikkita asosiy yoʻnalish belgilangan:

I.Atrof muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar ekologik talablar doirasidan oshmasligini ta’minlash;

II.Kon-metallurgiya sanoati korхonalarida ilgʻor хorijiy tajribadan kelib chiqib ekologik menejment tizimini joriy etish.

 

“Navoiy KMK”, “Olmaliq KMK” va “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatlarini 2023 yil 1 iyulga qadar хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida ularga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

  • Global tashabbuskorlik hisoboti (Global Reporting Initiative, GRI) hamda Atrof muhit, ijtimoiy va boshqaruv (Environmental Social Governance, ESG ) tartibi asosida uzoq muddatli ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish;
  • “yashil mahsulot” ishlab chiqarishni kengaytirish;
  • tadqiqotlar, hamkorlik kelishuvlari va innovatsion yechimlar orqali bioхilma-хillikka salbiy ta’sirning oldini olish va kamaytirish;
  • suvni tejash maqsadida aylanma suvlardan keng foydalanish ishlarini jadallashtirish va u bilan bogʻliq muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;
  • atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishni keskin kamaytirishga erishish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.