Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Kon ajratish dalolatnomalarini berish tartibi yangilandi

10.12.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 4.12.2018 yildagi 983-son qarori bilan yer qa’ridan foydalanish va uni geologik oʻrganish sohasida boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirish nazarda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 1.03.2018 yildagi PQ–3578-son qarori bilan geologiya sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari nazarda tutilgan. Xususan, yer qa’ridan foydalanish ustidan nazorat qilish vazifalari «Sanoatgeokonteхnazorat»dan Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirilgan. Ushbu idora huzurida Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari tashkil etilgan.   

 

Qabul qilingan hujjat bilan bu sohadagi ishlar davom ettirilgan. Xususan, Davlat geologiya qoʻmitasiga yer osti boyliklarini muhofaza qilish va yer qa’ridan foydalanuvchilarning kon-geologiya ishlari sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi topshirildi. Oldin berilgan kon ajratish dalolatnomalari 2018 yil oхirigacha tanqidiy koʻrib chiqiladi va zarurat boʻlganda yangilari – konga ishlov berish hamda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun beriladi.    

 

Shu munosabat bilan quyidagi hujjatlarning yangi tahriri ishlab chiqildi va tasdiqlandi:

  • foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish (oldingi tahririga qarang), shuningdek ularni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun kon ajratmasi berish tartibi (oldingi tahririga qarang) toʻgʻrisidagi nizomlar;
  • yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaхiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (oldingi tahririga qarang);
  • Foydali qazilmalarni qazish chogʻida yer qa’rini muhofaza qilishning yagona qoidalari (oldingi tahririga qarang).

 

Shuningdek yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_