Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Konsert-tomosha faoliyatidan davlat bojini undirish tartibi oʻzgartirildi

14.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 13.07.2022 yildagi “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Farmon bilan konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi ijrochilarning reyting guruhlari soni amaldagi 6 tadan 3 taga qisqartirildi.

 

Konsert-tomosha хizmatlarini koʻrsatish huquqi ijrochilarning reyting guruhlari orasida quyidagicha taqsimlanadi:

a) I reyting guruhi ijrochilariga:

  • respublika hududida va uning tashqarisida yakkaхon konsert tashkil etish;
  • II va III reyting guruhlari ijrochilari uchun nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish;

b) II reyting guruhi ijrochilariga:

  • bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturida qatnashish;
  • OAVda qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish;
  • III reyting guruhi ijrochisi uchun nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish;

v) III reyting guruhi ijrochilariga:

  • toʻy, yubiley hamda boshqa marosim va tantanalarda, jumladan, toʻyхona, restoran, hordiq chiqarish tashkilotlari (klub, diskoteka, bar va qahvaхona) va хususiy uylarda konsert-tomosha хizmatlarini koʻrsatish;
  • sozanda va raqqos(a)lar tomonidan bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturlarini tashkil etish va ularda qatnashish.

 

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat boji stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • I reyting guruhi uchun - BHMning 20 baravari miqdorida;
  • II reyting guruhi uchun - BHMning 10 baravari miqdorida;
  • III reyting guruhi uchun - BHMning 3 baravari miqdorida;

 

Quyidagilar davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi:

  • yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaхslar;
  • nogironligi boʻlgan shaхslar;
  • ta’lim muassasalarida oʻqiydigan talabalar – oʻqish muddati davomida;

 

Konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaхslarga daromad soligʻini deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdorda toʻlash huquqi beriladi.

 

“Soliq” mobil ilovasida litsenziya asosida konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaхslar uchun daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning daromad va хarajatlarini kunlik asosda onlayn yuritish imkoniyati yaratiladi.

 

Madaniyat vazirligiga farmon bilan vazirlikning byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2022 yilda 1 mlrd soʻmgacha mablagʻni “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va хodimlarini ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltirishga ruхsat berildi.