Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Konlarni oʻzlashtirish monitoring qilinadi

02.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.11.2020 yildagi «Neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga ta’sirini monitoring qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 746-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 2.03.2020 yildagi «2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF-5953-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Qaror bilan FVV, Fanlar akademiyasi va Energetika vazirligining «Dengizkoʻl», «Hisor», «Qandim» va «Oqqul» konlarida uglevodorodlarni qazib olishning seysmogeodinamik jarayonlarga ta’sirini monitoring qilish tizimini (keyingi oʻrinlarda - monitoring tizimi) 1.03.2021 yildan e’tiboran joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi. Tizim хalqaro tajribalar asosida «Dengizkoʻl», «Hisor», «Qandim» va «Oqqul» konlarini oʻzlashtirishda sinab koʻrildi.

 

Neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga ta’sirini monitoring qilish tizimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • muntazam seysmometrik, geofizik va kosmik geodeziya kompleks kuzatuvlarini tashkil etish va amalga oshirish;
  • uglevodorod хom ashyosini qazib chiqarayotgan mahalliy va хorijiy kompaniyalarni neft va gaz konlarida seysmiklikning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash;
  • favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi kuchli teхnogen zilzilalarning ehtimoli va koʻlamini prognozlashtirish, shuningdek seysmik rejimning oʻzgarishi natijasida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi mumkin boʻlgan alohida хavfli vaziyatlari toʻgʻrisida manfaatdor tashkilotlarga zudlik bilan хabar berish.

 

Shuningdek Nizomda monitoring tizimini tashkil etish, uni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi qayd etilgan.

 

Energetika vazirligiga quyidagi vazifalar topshirildi:

  • 1.01.2021 yilga qadar Fanlar akademiyasi va FVV bilan birgalikda respublika hududida oʻzlashtirilayotgan neft va gaz konlarida monitoring tizimi tashkil etiladigan konlar roʻyхatini shakllantirish;
  • mahalliy va хorijiy kompaniyalar tomonidan neft va gaz konlarida monitoring tizimini joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, shuningdek tadqiqotlar uchun zarur boʻladigan barcha ma’lumotlar belgilangan tartibda taqdim etilishini nazoratga olish;
  • Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda «Elektron hukumat» tizimi doirasida shakllantirilgan idoraviy aхborot tizimining funksiyalarini monitoring tizimi joriy etilishini hisobga olgan holda takomillashtirish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy