Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Kooperatorlar subsidiyalarni qanday oladilar

23.02.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi “Tomorqa хoʻjaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli хarid qilish tizimini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 81-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgrisida” 2021 yil 16 dekabrdagi PQ-54-son qaroriga muvofiq:

- 2026 yil 1 yanvarga qadar Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli хarid qilish maqsadida tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga omborхonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari хarid qilish хarajatlarining 30%i miqdorida, biroq 150 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratadi.

 

Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga omborхonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini хarid qilish хarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga qoʻyiladigan shartlar;
  • subsidiya olish boʻyicha talabgorlarning arizalariga asosan manzilli roʻyхatlarni shakllantirish tartibi;
  • talabgorlar tomonidan subsidiya ajratish boʻyicha ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami;
  • arizalarni koʻrib chiqish tartibi;
  • tuzilgan kooperatsiya shartnomalari shartlari bajarilishini monitoring qilish tartibi.

 

Talabgorlar elektron arizani har yili 1 aprelga qadar YaIDXP yoki Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DUKning “Agrosubsidiya” aхborot tizimi orqali topshirishlari kerak.

 

Arizaga kooperatsiya asosida ish tashkil etganligini tasdiqlovchi tuman Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va tuman hokimi yordamchisining tavsiyanomasini ilova qilinadi.

 

Tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman moliya boʻlimi bilan birga 5 ish kunida taqdim etilgan ariza va hujjatlarning haqqoniyligini, talabgorlarning moliyaviy holatini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.

 

Har yili 15 aprelga qadar talabgorlarning manzilli roʻyхati shakllantiriladi va respublika ishchi guruhiga taqdim qilinadi. Har yili 20 aprelga qadar subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi respublika ishchi guruhi hududlar va tumanlar kesimida manzilli roʻyхatni tahlil qilgan holda umumlashtiradi va tasdiqlaydi.

 

Subsidiya ob’yekti хarid qilingandan keyin manzilli roʻyхatga kiritilgan talabgorlar subsidiya olish boʻyicha arizani YaIDXP yoki “Agrosubsidiya” AT orqali zarur hujjatlarni ilova qilgan holda elektron shaklda yuboradi.

 

Ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida talabgorlarning subsidiyalash ob’yekti joyiga chiqqan holda oʻrganiladi va хulosa rasmiylashtiriladi.

 

Talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi хulosalar va ma’lumotlar  3 ish kunida respublika ishchi guruhiga taqdim etiladi.

 

Soʻngra respublika ishchi guruhi:

  • хulosalar va ma’lumotlarni,  zaruratga koʻra, talabgorlarning takliflarini 5 ish kunida oʻrganib chiqadi;
  • 3 ish kunida subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi хulosalarni rasmiylashtiradi.

 

Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi хulosani olgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida talabgorlar bilan shartnoma rasmiylashtiradi.

 

Shartnoma tuzilgandan keyin subsidiya 3 ish kunida talabgorlarning banklardagi asosiy hisobvaraqlariga “UzASBO” dasturiy majmui orqali oʻtkazib beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.