Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Koreya Eksimbanki Oʻzbekistonning tibbiyot muassasalariga $74 mln ajratdi

03.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 31.07.2023 yildagi “Koreya eksport-import banki bilan hamkorlikda “Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida”gi PQ-252-son qarori qabul qilindi.

 

Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan “Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya eksport-import bankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda – IRH jamgʻarmasi) Oʻzbekiston Respublikasiga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga jami 74 mln AQSh dollari ekvivalentidagi Koreya vonida imtiyozli qarz ajratilishi ma’qullangan.

 

Loyihaning umumiy qiymati 88,78 mln AQSh dollarini tashkil etadi, shundan:

  • 74 mln AQSh dollari – qarz mablagʻlari;
  • 14,78 mln AQSh dollari – soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish shaklida Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish, shuningdek, IRH jamgʻarmasining qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

IRH jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar, boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Loyihani amalga oshirish doirasida хarid qilinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (хizmatlarga) toʻlanishi lozim boʻlgan QQS Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Bunda, soliq va bojхona imtiyozlari qoʻllanishi yoki byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi natijasida iqtisod qilingan mablagʻlar Oʻzbekistonning Loyihani amalga oshirishga qoʻshgan ulushi sifatida hisobga olinadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • IRH jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini qaytarishning prognoz jadvali;
  • Loyiha doirasida хarid qilinadigan tibbiy jihozlarning hududlar boʻyicha taqsimoti tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.