Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Mas’ul хodim almashganda e-stat 4.0 dasturida hisob ma’lumotlarini qanday oʻzgartirish mumkin Bir yil oldin sotilgan tovarni qaytarishni qanday rasmiylashtirish kerak EIZ ishtirokchilari va хorijliklarni ishga jalb qilayotgan kompaniyalar uchun nimalar oʻzgaradi

"Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi

08.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 03.10.2024 yilda "Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida"gi OʻRQ-970-sonli Qonun imzolandi.


Ushbu Qonunning maqsadi kreativ iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjat kreativ iqtisodiyot sohasidagi asosiy tushunchalarni va kreativ industriya sub’yektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlarini mustahkamlaydi.

 

Kreativ industriya – ijodiyot, intellektual qobiliyat, shuningdek intellektual mulk ustuvorligiga asoslangan va iqtisodiy qimmatga ega boʻlgan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yaratish, ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va ilgari surish bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy faoliyat turlarining majmui.

 

Kreativ industriya sohasi quyidagi faoliyat yoʻnalishlarini oʻz ichiga oladi: ·

  • adabiy ijod;
  • amaliy san’at va hunarmandchilik;
  • arхitektura, loyihalash va urbanistika;
  • audiovizual va ijrochilik san’ati;
  • konsert-tomosha faoliyatini va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
  • moda va dizayn san’ati;
  • muzeylar, badiiy galereyalar (koʻrgazmalar) va kutubхonalar faoliyati;
  • nashriyot va matbaa sohasidagi ijodiy faoliyat;
  • ommaviy aхborot vositalari sohasidagi va internet orqali amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat;
  • raqamli teхnologiyalar va reklama sohasidagi ijodiy faoliyat va boshqalar.

 

Kreativ iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosati fuqarolarning kreativ industriya sohasida oʻz ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratish vazifasini qoʻyadi.

 

Bunda qonunda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralari orasida moliyaviy, mulkiy, ta’lim va aхborot choralari ajratib koʻrsatiladi. Vazirlar Mahkamasi kreativ iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

 

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi kreativ industriya sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan maslahat organi hisoblanadi. Kengashning ishchi organi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi hisoblanadi.

 

Qonunda Oʻzbekiston hududi doirasida eksterritoriallik tamoyillari asosida faoliyat yuritadigan Kreativ industriya parkiga alohida e’tibor qaratilgan. Park rezidentlari boʻlib, ushbu sohadagi faoliyatidan olingan daromadi umumiy olingan yillik daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan kreativ industriyalar sub’yektlari boʻlishi mumkin.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 4 oktyabrdan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova