Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Kripto-faoliyatni amalga oshirganlik uchun yigʻim keskin oshirilmoqda

20.03.2024

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yigʻimlar miqdorini belgilash, ularni toʻlash va taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qoʻshma qarori qabul qilindi (19.03.2024 y. AV roʻyхat raqami 3388-1-son).

 

Xususan, kripto-birja faoliyati uchun yigʻim miqdori deyarli ikki baravarga oshirilmoqda va  BHMning 740 baravari miqdorida belgilanmoqda (251,6 mln soʻm).

 

Kripto-doʻkon faoliyati uchun yigʻim 9 baravarga oshirilmoqda va BHMning 185 baravari miqdorida belgilanmoqda (62,9 mln soʻm).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2024 yildan kuchga kiradi.

Sobir Nurberdiyev