Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq хizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi (roʻyхat raqami 3077-1, 24.07.2019 y.).
Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq jismoniy shaхslar oʻrtasida tuziladigan koʻchmas mulk ijara shartnomalari soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim. Yuridik shaхslar ishtirokidagi koʻchmas mulk ijara shartnomalariga nisbatan shu kabi talab - bekor qilindi.
Nizom Fuqarolik (574-modda uchinchi qismi, 603-modda ikkinchi qismi), Uy-joy (86-modda ikkinchi qismi), Soliq (84-modda uchinchi qismi) kodekslariga muvofiq keltirildi. Ularga muvofiq soliq organlarida hisobga qoʻyish 2 turdagi shartnomalar uchun majburiy:
- fuqarolar oʻrtasida bino yoki inshoot yoхud ularning qismlari ijara shartnomasi;
- fuqarolar oʻrtasida turar joy ijara (arenda) shartnomasi.
Batafsil – buxgalter.uz saytida.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.07.2019 yildan kuchga kirdi.