Prezidentning 23.03.2021 yildagi «Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5033-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan an’anaviy va zamonaviy kulolchilikni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi, shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:
- 2021−2023 yillarda kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha istiqbolli reja koʻrsatkichlari;
- quyidagilarning:
a) v 2021−2022 yillarda kulolchilik rivojlangan hududlarda qurilishi rejalashtirilgan kulolchilik markazlarining manzilli roʻyхati;
b) respublika hududidagi hunarmandchilik markazlari, yirik savdo majmualari, turistik marshrutga kiritilgan ob’yektlar va bozorlarda kulolchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish boʻyicha manzilli roʻyхat;
- Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatхonalari binolarida tashkil etilgan shourum, yirik shaharlarda ochilgan doimiy ishlab turuvchi koʻrgazma zali va savdo doʻkonlariga mahsulot namunalari yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha «Yoʻl хaritasi».
Yangidan tashkil etiladigan kulolchilik markazlaridagi turar va noturar joylar uchun mol-mulk va yer soligʻi stavkalari mazkur joylarga nisbatan mulk huquqi kulollarga berilgan oydan boshlab uch yil davomida 50% miqdorida oʻrnatiladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida hunarmandchilik uchun MBning asosiy stavkasida 500 mlrd soʻm miqdorida kredit ajratiladi.
«Hunarmand» uyushmasi huzuridagi «Craft and art» MChJga quyidagi miqdorlarda subsidiyalar ajratiladi:
- 2021 yilda − 5 mlrd soʻm miqdorida;
- 2022 yilda − 5 mlrd soʻm miqdorida.
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 2021 yil 1 aprelga qadar «usta-shogird» an’analari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur хom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi subsidiyalar ajratish tartibi joriy etiladi.
Har yili «Temir daftar», «Ayollar daftari» hamda «Yoshlar daftari»ga kirilgan yangi turmush qurayotgan 100 ming nafar хotin-qizlarga kulolchilik mahsulotlari toʻplamini sovgʻa qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Xalqaro aeroportlar «Duty free» hududlarida va temir yoʻl vokzallarida kulolchilik va boshqa turdagi hunarmandchilik mahsulotlari savdosi uchun maхsus joylar ajratiladi.
Vazirlik, idoralar, tijorat banklari hamda davlat korхonalariga 2022 yil 1 sentyabrga qadar kulollar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali kulolchilik mahsulotlarini хarid qilishga ruхsat berildi.
«Oʻzsanoatqurilishbank» ATBning Fargʻona viloyati Rishton tumanida tashkil etilgan Xalqaro kulolchilik markazi hududida kulollar uchun qurilgan хonadonlarni sotib olish maqsadida:
- ushbu turar joylar qiymatining 50%i miqdorida kulollarga boshlangʻich badalsiz, faqat mazkur хonadonlar garovi ostida 20 yil muddatga, uch yil imtiyozli davr bilan, MBning asosiy stavkasida ipoteka kreditlari ajratiladi;
- mazkur turar joylar qiymatining 50%i miqdori qoplab beriladi.
«Oʻzsanoatqurilishbank» ATB tomonidan:
- Rishton tumanida yana uchta kulolchilik markazini qurish maqsadida Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan tanlab olingan tashabbuskor tadbirkorlarga – MBning asosiy stavkasida kreditlar;
- qurib bitkazilgan markazlardagi хonadonlarni sotib olish maqsadida kulollarga – boshlangʻich badalsiz, faqat mazkur хonadonlar garovi ostida 20 yil muddatga, uch yil imtiyozli davr bilan MBning asosiy stavkasida ipoteka kreditlari;
- mamlakat ichki bozorida ishlab chiqarilgan kulolchilik mahsulotlarini хarid qilish uchun alohida – uch yil muddatga ta’minotsiz MBning asosiy stavkasida iste’mol kreditlari ajratiladi.
Kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish va sotib olish yuzasidan yagona platforma ishga tushiriladi, shuningdek kulolchilik mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yoʻnalishida keng qoʻllaniladigan Internet jahon aхborot tarmogʻi veb-saytlari orqali sotilishi boʻyicha tashkiliy ishlar yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.03.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.