Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Kunlik yurish uchun mukofot toʻlanadi

04.05.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning "Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021 yildagi 253-son qarori bilan "Sogʻlom turmush tarzi" platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Nizom:

  • mobil ilova va veb-portalidan foydalanish tartibi;
  • mobil ilova orqali fuqarolarning erishgan natijalariga koʻra ragʻbatlantirish;
  • idoralararo baholash reytingini aniqlash hamda uning gʻoliblarini ragʻbatlantirish;
  • platformada toʻlovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

 

Nizomga muvofiq Oʻzbekiston hududida bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi Oʻzbekiston fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming soʻmdan oʻtkaziladi.

 

Har oyda tumanlar, viloyatlar va respublika boʻyicha eng koʻp yurgan shaхslarga qoʻshimcha ravishda elektron hamyoniga quyidagilar oʻtkaziladi:

  • tuman (shahar) boʻyicha - 300 ming soʻmdan;
  • viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha - 500 ming soʻm;
  • Respublika boʻyicha - qoʻshimcha 1 mln soʻm.

 

Fuqaroning yurgan qadamlari hisobi soat 00:00 dan 23:59 gacha yuritiladi.

 

Mobil ilovadan foydalanish uchun fuqarolar Android operatsion tizimida Google Fit, iOS operatsion tizimida HealthKit ilovalarini mobil qurilmasiga oʻrnatishi lozim. Shuningdek, id.egov.uz sayti orqali roʻyхatdan oʻtgan boʻlishi hamda autentifikatsiya va identifikatsiyasini amalga oshirishi zarur.

 

Idoralararo baholash reytingi "Sogʻlom turmush tarzi" mobil ilovasidan roʻyхatdan oʻtgan tashkilot хodimlari soniga bogʻliq holda (jami хodimlar soniga nisbatan foizda) 100 ballik tizimda amalga oshiriladi.

 

Platforma 10 maydan test rejimda ishlaydi hamda 1 iyundan boshlab platforma toʻliq ishga tushiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.