Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni joʻnatish (хizmatlar importi) meхanizmida nimalar oʻzgardi Transport-ekspeditsiya хizmatlari boʻyicha QQS va foyda soligʻini qanday toʻlash kerak Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Asosiy vositalar hisob siyosatida

Koʻp kvartirali uylar yuqori tezlikda ishlaydigan internet tarmogʻiga ulanadi

22.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 699-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2022-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda хalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarini mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlash reja-jadvali tasdiqlandi.

 

Xususan, 2023 yilga qadar:

  • хalqaro ma’lumotlar uzatish kanalining oʻtkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi;
  • 150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilishi hisobiga ma’lumotlar uzatish tarmogʻi kengaytiriladi;
  • optik tolali aloqa liniyalarini barcha aholi punktlariga yetkazib borish va uy хoʻjaliklarining kamida 80%ini internet tarmogʻiga keng polosali simli ulanish imkoniyati ta’minlanadi.

 

2021 yil yakuniga qadar barcha ichki ishlar organlari tayanch punktlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari хonalari, хalq ta’limi muassasalari, davlat arхivlari va tashkilotlarini internet tarmogʻiga keng polosali ulanishi ta’minlanadi.

 

Ushbu qarorga muvofiq:

  • mavjud chegara oʻtish nuqtalari orqali «Oʻzbekiston–Afgʻoniston– Pokiston», «Oʻzbekiston–Qirgʻiziston–Xitoy» va «Oʻzbekiston–Turkmaniston–Ozarbayjon–Turkiya» yoʻnalishlarida хalqaro magistral kanallari tashkil etiladi;
  • Xitoy Xalq Respublikasida yangi ulanish va oʻzaro internet-trafigi almashinuvi nuqtalarini tashkil etish choralari koʻriladi.

 

Bundan tashqari, 2022 yil 1 yanvardan boshlab internet tarmogʻiga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • ma’muriy binolar va koʻp kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan ulash;
  • ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Mbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan ulash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.