Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Kuzda ish haqi, pensiya va nafaqlar oshiriladi

14.08.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 2024 yil 12 avgustda "Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmonni imzoladi.

 

Maqsad - aholi turmush darajasini yanada oshirish, shuningdek, pedagogik va tibbiyot хodimlari mehnatini qoʻshimcha ragʻbatlantirishdir.

 

2024 yil 1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda quyidagilar belgilanadi:

● pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - oyiga 428 000 soʻm;

● yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori - oyiga 834 000 soʻm;

● nogironlik pensiyasining eng kam miqdori - oyiga 920 000 soʻm.

 

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagilar nazarda tutilgan:

● byudjet tashkilotlarida ishlaydigan tibbiyot хodimlari, shuningdek maktabgacha, umumta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, "Muruvvat" internat uylari, Bolalar uylari va "Mehribonlik" uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlaydigan pedagog хodimlarning ish haqi miqdorini 15 foizga oshirish; 

● byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi miqdorini, tibbiyot va pedagog хodimlardan tashqari, 10 foizga oshirish;

● eng kam ish haqi miqdorini - oyiga 1 155 000 soʻm etib belgilash;

● bazaviy hisoblash miqdorini - 375 000 soʻm etib belgilash.

 

Farmon bilan shuningdek, ish beruvchilarga ish haqi miqdorini eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq oshirish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan past boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlovini ta’minlash tavsiya etilgan.

 

Hujjat "Xalq soʻzi" gazetasida e’lon qilingan va 2024 yil 13 avgustdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova