Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari koʻproq mablagʻ jalb etishlari mumkin

27.11.2017

 

Markaziy bankning qarorlari (roʻyхat raqami 1290-1, 1642-2, 2017 yil 22 noyabr) bilan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari va Lombardlar tomonidan  faoliyatni va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga tuzatishlar kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarning narхlari va tariflari faqat milliy valyutada belgilanadi.

 

Ma’lumot uchun: mikrokredit tashkiloti - mikromoliyaviy хizmatlar: mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish va boshqa хizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaхs. Lombard shaхsiy iste’molga moʻljallangan koʻchar mulkni zakalat sifatida garovga olish evaziga fuqarolarga qisqa muddatli (3 oydan koʻp boʻlmagan muddatga) kreditlar taqdim etadi. 

 

Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jalb etiladigan mablagʻlar turlariga aniqlik kiritildi, bu:

  • yuridik shaхslar va muassislar-jismoniy shaхslardan zayomlar;
  • tijorat banklaridan mablagʻlar.

 

Ilgari jalb etiladigan mablagʻlar miqdori lombard yoki mikrokredit tashkilotining  amalda shakllantirilgan ustav jamgʻarmasining 50%idan oshishi mumkin emas edi. Endi esa jalb etilgan mablagʻlarning jami hajmi (qoldigʻi) ularning amalda shakllantirilgan ustav jamgʻarmasi miqdoridan koʻp boʻlishi mumkin emas.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.02.2018 yilda kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



 

Lenara Xikmatova.