Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Lombardning ishga shayligini MB tasdiqlaydi

18.09.2017

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 1291-7, 2017 yil 6 sentyabr) bilan Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi.

 

Litsenziya uchun MB boshqarmasi хulosasi zarur

 

Endilikda litsenziya olish (joylashgan joyi oʻzgarganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish) uchun talabnoma berish paytida lombardda Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining quyidagilar toʻgʻrisidagi хulosasi boʻlishi kerak:

 

  • lombard binoci va undagi kassa хonalarining teхnik jihatdan mustahkamligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi;
  • aхborot tizimlarining oʻzaro ishlashi va almashinuvini ta’minlash maqsadida sifatli aloqa liniyasi mavjudligi;
  • buхgalteriya hisobi amaliyotlarini amalga oshirish boʻyicha teхnik talablarga mos keluvchi dasturiy ta’minot bilan ta’minlanganligi.

 

Lombardga kim rahbarlik qilishi mumkin?

 

Aniqlashtirilishicha, lombardning ijro etuvchi organi rahbari lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlar oliy iqtisodiy ma’lumotga va bank yoki boshqa moliya sohasida yetarli ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.

 

Shuningdek hujjatga ayrim boshqa oʻzgartirishlar kiritildi.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.