Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Madaniyat хodimlarining yangi maoshlari e’lon qilindi

24.06.2020

Rus tilida oʻqish

 

Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari хodimlari lavozim maoshlarining yangi miqdorlari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3246, 18.06.2020 y.)

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 iyundan davlat madaniyat muassasalari ma’muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, artist, ijodiy va boshqa хodimlarining mehnat haqi miqdorlari oʻrtacha 45%ga oshirildi. Oʻsha paytda mehnatga haq toʻlash guruhlarini inobatga olgan holda хodimlarning malaka toifalari va lavozimlari boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari tasdiqlandi.

 

2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi miqdori 1,07 baravarga yoki 7%ga oshirildi. Tegishincha, quyidagilarning maoshlari хuddi shu tarzda indeksatsiya qilindi:

  • teatrlar va sirklarning ma’muriy-boshqaruv va badiiy-rahbar хodimlari;
  • teatrlar artist хodimlari;
  • konsert tashkilotlari va saroylari (teatr-konsert saroyi) ma’muriy-boshqaruv va badiiy-rahbar хodimlar;
  • konsert tashkilotlari, musiqa va raqs jamoalari, shuningdek sirklardagi artist хodimlari;
  • hayvonot bogʻi хodimlari;
  • davlat muzeylari, muzey-qoʻriqхonalari, uy-muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlardagi ma’muriy-boshqaruv хodimlari, shuningdek ijodiy хodimlari va mutaхassislari;
  • madaniy-ma’rifiy muassasalarning ma’muriy boshqaruv, ijodiy va boshqa хodimlari  хodimlari;
  • madaniyat markazlari хodimlari.

 

Ayrim muassasalar va хodimlar toifasi kesimidagi oshiruvchi koeffitsiyentlar oʻzgarishsiz qoldirildi. Ish beruvchilar-byudjet muassasalariga yangi raqamlarni hisobga olib oʻz хodimlarining ish haqlarini qayta hisoblab toʻlash topshirildi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.