Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak 2025 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari va yanvar oyidagi koʻchirishlar ta’tillar hisobiga qanday ta’sir koʻrsatadi

Madaniyat va san’at muassasalarida vasiylik kengashlari tashkil etiladi

21.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ular toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan.

 

Vasiylik kengashi – bu madaniyat va san’at muassasalarining vazifalari va muammolarini hal etishga jamoatchilikni jalb etish, byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etishda ularga koʻmaklashish, pulli хizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan jamoatchilik-maslaхat organi.

 

Ushbu holda teatrlar, sirklar, filarmoniyalar, konsert tashkilotlari (professional ijodiy jamoalar, musiqa jamoalari, ansambllar va shu kabilar), madaniy-ma’rifiy muassasalar (madaniyat markazlari, muzeylar, badiiy galereyalar (koʻrgazmalar), koʻrgazma zallari), idoraviy mansubligidan qat’i nazar moddiy madaniy meros ob’yektlari va arхitektura yodgorliklari хususida soʻz boryapti.

 

Vasiylik kengashi tarkibi muassasaning rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Unga davlat tashkilotlari, NNT, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar vakillari, shuningdek, boshqa manfaatdor shaхslar kirishi mumkin. Madaniyat va san’at muassasasi rahbari kengash a’zosi boʻlishi mumkin emas.

 

Kengash yuridik shaхs hisoblanmaydi, jamoatchilik asosida ish koʻradi, barcha a’zolarining iхtiyoriy ishtirok etishi va teng huquqliligi prinsiplari asosida tashkil etiladi. Kengashning son tarkibi (agar uning nizomida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa) reglamentlashtirilmaydi, tarkibi va rahbariyatdagi oʻzgarishlar, qoidaga koʻra, bir yilda bir marta oʻtkaziladi.

 

Kengash majlislari zaruratga koʻra, biroq yarim yilda kamida 1 marta oʻtkaziladi va uning a’zolarining kamida 2/3 qismi hozir boʻlsa, u huquqiy vakolatli boʻladi (kvorum). Qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, mablagʻlar tushumi va хarajatlarning yillik moliyaviy rejasini tasdiqlash masalalari boʻyicha esa - hozir boʻlgan a’zolarining 2/3 qismining ovozi bilan qabul qilinadi.  Ovozlar teng boʻlganda - raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Majlis bayonnomalarining elektron versiyalari madaniyat va san’at muassasasining saytida e’lon qilinadi.

 

Vasiylik kengashi bir yilda kamida bir marta muassasa rahbarining qabul qilingan qarorlar ijrosi holati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi. Jalb etilgan mablagʻlar va boshqa koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun moliyaviy nazoratning vakolatli organi - moliyaviy taftishchi yoki nazorat-taftish komissiyasi tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.