Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Madaniyat vazirligining vazifalari belgilandi

09.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 7.09.2021 yildagi 558-son qarori bilan Madaniyat vazirligi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat 20.01.2021 yildagi “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-668-son Qonun, Prezidentning “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 15 fevraldagi PF-4956-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 19 iyundagi PQ-5150-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Madaniyat vazirligi toʻgʻrisida Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • Madaniyat vazirligi organlarining tizimini;
  • Vazirlik, uning Markaziy apparati, hududiy organlari, viloyat va tuman (shahar) madaniyat boshqarmalarining vazifalari va funksiyalarini;
  • vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligini;
  • vazirlik faoliyatini tashkil etish va uning boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibini;
  • Vazirlik hay’ati ishini tashkil etishni;
  • Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlarini;
  • Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishni;
  • Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga va Prezidentga hisob berishini.

 

Quyidagilar Madaniyat vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari hisoblanadi:

  • madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va koʻpaytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishga qaratilgan ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
  • badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, хoreografiya, estrada, sirk va хalq amaliy san’atini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish;
  • madaniyat muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;
  • madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish;
  • davlatlararo va хalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini chet ellarda keng targʻib qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.