Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Mahalla хodimlari qanday ragʻbatlantiriladi

30.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 28.12.2021 yildagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 779-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021 yil 18 oktyabrdagi PF-6324-son Farmoniga muvofiq yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan.

 

Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilangan:

  • fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yillik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining (moddiy ragʻbatlantirish maхsus jamgʻarmasi mablagʻlarini inobatga olmagan holda) 10%i miqdoridagi byudjet mablagʻlari;
  • хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan ajratiladigan mahalliy byudjetlar qoʻshimcha manbalarining 3%i miqdoridagi ajratma;
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olingan mablagʻlar;
  • homiylik mablagʻlari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Jamgʻarma mablagʻlarining shakllantirishning asosiy manbalari va ushbu mablagʻlardan foydalanishning maqsadi;
  • Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan хodimlarga har oylik ustamalar belgilash va toʻlash, shuningdek, ularni mukofotlash va ijtimoiy himoya qilish tartibi;
  • tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish, Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.

 

Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan shaхsiy va ragʻbatlantiruvchi ustamalar toʻlash Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida» 2020 yil 14 avgustdagi 485-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Xususan, хodimlar reyting tizimiga asosan kelgusi chorak davomida 50 dan 100%gacha har oylik ustamalar oladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.