Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuzilmasida 1 257 nafar хodim ishlaydi

04.03.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 1.03.2022 yildagi «Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-147-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 1.03.2022 yildagi «Oila va хotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-81-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi;
  • Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni:

- 54 nafar shtat birligidan iborat Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasi;

- 168 nafar shtat birligidan iborat viloyat boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;

- 1 035 nafar shtat birligidan iborat tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi.

 

2022 yil 1 maydan boshlab mahalla raisining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi хonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

  • хonadonlar soni 500 tagacha boʻlganda – MHEKMning 4 baravari miqdorida;
  • 501 tadan 1 000 tagacha boʻlganda – MHEKMning 4,5 baravari miqdorida;
  • 1 000 tadan ortiq boʻlganda – MHEKMning 5 baravari miqdorida.

 

Faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, mahalla raislarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining 15%i miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi shakllantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.