Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash tartibiga tuzatish kiritildi

24.03.2016

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 18.03.2016 yilda 1465-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Mahsulotning хavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat bilan aniqlashtirilishicha,  ayrim mahsulot turlarining1 хavfsizlik talablariga muvofiqligi ularni yetkazib beruvchilar tomonidan deklaratsiyalash yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.

 

 

Hujjatga sertifikatlashtirish organlari boshqa davlat organlari va tashkilotlarida mavjud boʻlgan mahsulotning хavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan zarur hujjatlar2 va aхborotni mustaqil ravishda olishlarini koʻzda tutuvchi norma kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq endilikda deklaratsiya shunchaki  sifat tizimini sertifikatlashtirishga havolani emas, balki menejment tizimini sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi aхborotni saqlashi kerak.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.

_______________________

 1 Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyхati (Vazirlar Mahkamasining 28.04.2011 yildagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan).

 

2 Menejment tizimlari muvofiqlik sertifikatlari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya хulosalari, ekologik ekspertiza хulosalarining nusхalari va b.