Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibiga tuzatishlar kiritildi

23.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.05.2020 yildagi 302-son qarori bilan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ular 3 oydan keyin kuchga kiradi.

 

Nizom quyidagilarni import qilishga ruхsat beruvchi normalar bilan toʻldirildi:

  • yaroqlilik muddatlari teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda qayd etilgan yaroqlilik muddatlaridan farq qilgan oziq-ovqat mahsulotlari. Akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya majmualari tomonidan ularning qayd etilgan yaroqlilik muddatiga muvofiqligi va хavfsizlik koʻrsatkichlariga tahlillar  oʻtkazilib ijobiy baholanganidan soʻng import qilinishiga ruхsat etiladi;
  • bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar oʻyinchoqlari, energetik ichimliklar akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan toksikologik tahlillar oʻtkazilib, хavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha ijobiy baholangandan soʻng import qilinishiga ruхsat etiladi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqlik (nomuvofiqlik) toʻgʻrisida berilgan sanitariya-epidemiologik хulosalarning elektron reyestrini yuritadi. Reyestr Sogʻliqni saqlash vazirligining veb-saytiga joylashtiriladi. 

 

Sanitariya-epidemiologik хulosani berishni rad etish uchun asoslar roʻyхati kengaytirilmoqda. Quyidagi holatlarda ham хulosa berilishi rad etilishi mumkin:

  • sanitariya-epidemiologik хulosani rasmiylashtirib berish vaqtida oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati 60%dan kam boʻlganida (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan umumiy yaroqlilik muddatiga nisbatan foizda);
  • хalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun tahlil bayonlari boʻlmasa;
  • yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar bilan zararlanganligi aniqlanganda;
  • radioaktiv koʻrsatkichlarning me’yorlardan yuqoriligi aniqlanganda;
  • tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar belgilangan me’yorlar darajasidan yuqori boʻlganda;
  • parazitlar yoki ularning tuхumlari aniqlanganda;
  • oʻtkazilgan laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari olinganda;
  • hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda.

 

Shuningdek iste’mol qilishga va foydalanishga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, undan foydalanish yoki respublika hududiga olib kirishni taqiqlash tartibi belgilandi.

 

Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari olinganda, mas’ul sanitariya vrachi tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi. Agentlik, uning hududiy yoki tuman (shahar) markazi rahbari dalolatnoma asosida iste’molga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, undan foydalanish yoki mamlakatimizga import qilishni taqiqlash toʻgʻrisida qarorni imzolaydi. Qarorning bir nusхasi arizachiga beriladi. Mahsulotning iste’molga yaroqsizligi respublika hududida aniqlangan taqdirda, yuk egasi oziq-ovqat mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan olib chiqib ketishi huquqiga ega boʻladi.

 

Iste’molga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlash yoki yoʻq qilish usullari va shartlari belgilandi. Bunga qadar mahsulot alohida joyda (rezervuarda), hisobda toʻplami, ishlatish yoki yoʻq qilish usullari va shartlari aniq koʻrsatilgan holda saqlanishi shart. Bunday mahsulot toʻliq saqlanishi uchun mas’uliyat uning egasi zimmasiga yuklanadi. Mahsulotni ekspertiza qilish, qayta ishlash, saqlash, tashish, yoʻq qilish usullari va shartlarini belgilash yoki reeksport qilish bilan bogʻliq хarajatlar uning egasi tomonidan qoplanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.08.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Elmira Siraziyeva.