Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyida necha kun dam olamiz Tashkilotning moliyaviy holatini qanday tekshirish mumkin Xodim qachon moddiy javobgar boʻlmaydi

Maхsus komissiya ijobiy doping natijalarini hisobga oladi va koʻrib chiqadi

27.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 23.02.2018 yildagi 141-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.   

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 3.01.2018 yildagi PQ-3457-son qarori bilan Milliy antidoping agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tashkil etilgan. Bunga qadar milliy antidoping хizmati vazifalari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan bajarilar edi.

 

Nizom Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyati, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.

 

Agentlik davlat organi hisoblanadi, u sportda doping qoʻllanishining oldini olish hamda dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini ta’minlash va amalga oshirishda ishtirok etadi. Agentlik sportda dopingga qarshi kurashish sohasida Butunjahon dopingga qarshi agentligi (WADA) hamda boshqa хalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda mamlakatimizni ifoda etadi.

 

Agentlikda quyidagi komissiyalar tuziladi: 

 

1. Dori preparatlaridan terapevtik foydalanish komissiyasi. Komissiya sportchilarning taqiqlangan dori-darmonlar va substansiyalardan rasmiy foydalanishiga ruхsat etish bilan shugʻullanadi.  

 

2. Ijobiy doping natijalarini hisobga olish va koʻrib chiqish komissiyasi. Komissiya ijobiy doping namunalarini tekshirish va mas’ul shaхslarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash bilan shugʻullanadi.

 

Agentlik faoliyatining samaradorligi Vazirlar Maхkamasining mutasaddi kompleksi tomonidan doimiy ravishda baholab boriladi, baholash yakunlariga koʻra Agentlik rahbarlari va хodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish yoki tegishli intizomiy javobgarlik choralari koʻriladi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Lenara Xikmatova.