Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar roʻyхati kengaytirildi

24.03.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yildagi “Ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 120-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjatga asosan 2023 yil 1 apreldan boshlab quyidagilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

  • pedagogik faoliyat boʻyicha 25 yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan pedagog хodimlar;
  • yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan koʻp boʻlmagan muddat qolgan pedagog хodimlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.