Vazirlar Mahkamasining 13.04.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutini hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 153-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023 yil 4 apreldagi PQ-108-son qaroriga muvofiq:
- Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining tuzilmasi;
- Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tuzilmasi tasdiqlandi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi esa – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda taklif va tavsiyalar tayyorlash, shuningdek bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni oʻrganish va amaliy takliflar tayyorlash, хalqaro reyting va indekslarda mamlakat mavqeini oshirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash va boshqa vazifalar yuklatildi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining faoliyati “Biznesni boshqarish” (MBA) mutaхassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlash, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat vakillarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashga qaratilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.04.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.