Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Maktab oʻqituvchisining ish yuklamasi belgilandi

26.08.2018

Rus tilida oʻqish


Xalq ta’limi, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari tomonidan umumiy oʻrta ta’lim muassasalari pedagoglarining namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3058, 20.08.2018 y.).

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).


 

Maktab pedagogining ish rejasi uning yillik ish yuklamasidan iborat (43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat). Yillik yuklama 1 yoki 0,8 koeffitsiyentga (sinflarga bogʻliq holda) koʻpaytirilgan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.

 

Sinflar

Bir stavka boʻyicha ish yuklamasi

(soat/hafta)

Yillik yuklama  

(soat)

1-4

18

1548
18 х 1=18+18=36 х 4,3 (hafta)=154,8 х 43 (hafta)

5-11

20

1548
20 х 0,8=16+20=36 х 4,3 (hafta)=154,8 х 43 (hafta)

 

Yillik soatlar (1548) quyidagilarga taqsimlanadi:

  • oʻquv-tarbiya jarayoni;
  • oʻquv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon.

 

Oʻquv-tarbiya soatlarini hisoblash uchun bir yil mobaynida dars mashgʻulotlari olib boriladigan haftalar soniga koʻpaytirilgan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmi olinadi. Qolgan vaqtdan ikkinchi jarayon uchun foydalaniladi.

 

Sinflar

Oʻquv-tarbiya jarayoni uchun soatlar

Metodik ta’minot va tashkiliy-pedagogik jarayon uchun soatlar

1-4

18 х 34 = 612 soat

1548 – 612 = 936 soat

5-11

20 х 34 = 680 soat

1548 – 680 = 868 soat

 

Pedagogning ish rejasi dars jadvaliga koʻra unga tarifikatsiya boʻyicha ajratilgan dars soatlari asosida shakllantiriladi.

 

Bu – muhim! Metodik ta’minot va tashkiliy-pedagogik jarayon tadbirlari, shuningdek bunga sarflangan vaqt boʻyicha hisobotlar talab etilmaydi, hisobi yuritilmaydi. Shuningdek pedagoglarning dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Maktab pedagoglari yuritishlari kerak boʻlgan hujjatlarning toʻliq roʻyхati belgilandi:

1) sinf jurnali;

2) yillik taqvim-mavzuiy reja.

3) kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari.

 

Reja va konspekt elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.