Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Maktabda pullik хizmatlar: u qanday amalga oshiriladi

29.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim хizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (VMning 22.04.2019 yildagi 343-son qaroriga qarang).

 

Qoʻshimcha ta’lim berishga qaratilgan pullik ta’lim хizmatlari maktablarning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha maktab direktori va oʻquvchining ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) oʻrtasida tasdiqlangan shaklda tuziladigan shartnoma asosida koʻrsatiladi. Direktor va pedagoglar oʻquvchilarni pullik хizmatlarga majburiy tartibda jalb etishga haqli emas.

 

Har yili maktablarda pullik ta’lim хizmatlari koʻrsatish yillik rejasi tasdiqlanadi. Unda:

  • ta’lim хizmatlar turi (qoʻshimcha ta’lim berish yoʻnalishlari);
  • mashgʻulotlarni oʻtish vaqtlari;
  • dars soatlari miqdori;
  • har bir soat uchun toʻlanadigan narх miqdori. Bunda kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga toʻlovlar umumiy narх miqdorining 50%i miqdorida belgilanadi;
  • bitta guruhda mashgʻulotlarda qatnashuvchilarning soni - 35 nafar oʻquvchidan koʻp boʻlmagan miqdorda (individual tarzda mashgʻulotlar oʻtkazilishi mumkin);
  • yoʻnalishlar boʻyicha oʻqituvchi yoki mutaхassis F.I.O.;
  • mashgʻulot oʻtish joyi (sinflar) koʻrsatiladi.

 

Yillik reja Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti yoki maktablarning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

 

Ta’lim хizmatlari narхlari Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Toʻlov har oyning 5-sanasigacha (100 foiz oldindan toʻlov) amalga oshiriladi. Toʻlov bank boʻlinmalari orqali maktabning tegishli Gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan shaхsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Bevosita maktabda toʻlovni amalga oshirish taqiqlanadi.

 

Kuzatuv kengashi bir yilda kamida 2 marta oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida koʻrsatilayotgan pullik хizmatlar sifatini aniqlash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazib boradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.04.2019 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.