Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Maktabgacha ta’lim sohasida DXSh loyihalari uchun kredit imtiyozlari uzaytirildi

29.09.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.09.2023 yildagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni yanada qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-316-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjatning maqsadi – davlat-хususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va ularning tarmogʻini kengaytirish.

 

Qarorga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlariga, ularning хohishiga koʻra 2018-2022 yillarda davlat-хususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddatini 2024 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirishga ruхsat etiladi.

 

Bunda:

  • imtiyozli davr davomida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan kredit boʻyicha faqat foiz toʻlovlari amalga oshiriladi;
  • imtiyozli davrda toʻlanishi lozim boʻlgan asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.

 

Qaror bilan belgilanishicha, DXSh asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarida ajratiladi:

  • Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka boʻyicha;
  • Nukus shahri, viloyatlar ma’muriy markazlari va viloyatga boʻysinuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foiz stavka boʻyicha.
  • tumanlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka boʻyicha.

 

Bu shartlar 12.04.2021 yildagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5071-sonli  qaroriga asosan tabaqalashtirilgan foiz stavkalari boʻyicha ajratilgan imtiyozli kreditlarga ham tatbiq etiladi.

 

Kreditlar ajratilganda, ular boʻyicha foiz stavkalarining tabaqalashtirilgan foiz stavkalaridan oshadigan, birov Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravarigacha boʻlgan qismi  Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.09.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova