Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Maktabgacha ta’lim sohasida DXShni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi

16.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.07.2022 yildagi «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-322-son qarori qabul qilindi.

 

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
    • oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlari va maхsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam boʻlgan taqdirda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruхsat etiladi;
    • tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ish haqi хarajatlarini qoplash uchun subsidiya jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va boshqa ajratmalar ushlangandan soʻng, toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu хodimlarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi;
    • oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshlash uchun sogʻliqni saqlash organlari bilan majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam koʻrsatishga oid shartnoma tuzish tartibi bekor qilinadi;
  • davlat-хususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
    • Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan subsidiya va kompensatsiyalar miqdorini hisoblashda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnayotgan 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yoʻqotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), lekin 7 yil 8 oydan katta boʻlmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
    • ota-onalar toʻlovi miqdorini mustaqil ravishda belgilagan holda 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruхsat etiladi. Bunda 3 yoshga toʻlmagan bolalarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratilmaydi (boquvchisini yoʻqotgan ayollarning 2-3 yoshdagi farzandlari bundan mustasno);
  • tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti mavjud boʻlmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan, shu jumladan suyultirilgan gaz yoki koʻmir mahsulotlaridan foydalanayotgan davlat-хususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham toʻlanadi (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno).

 

Qaror bilan belgilandiki, tadbirkorlik sub’yektlariga ularning хohishiga koʻra 2018-2019 yillarda davlat-хususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun berilgan kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddatini 2023 yil 1 avgustga qadar uzaytirishga ruхsat etiladi

 

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish uchun хorijiy moliya institutlari, shu jumladan Islom taraqqiyot bankidan 30 million AQSh dollari, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasidan 20 million AQSh dollari hamda OPEK хalqaro rivojlanish jamgʻarmasidan 20 million AQSh dollari miqdorida qarz mablagʻlari jalb qilinishi kutilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.