Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻi kengaytiriladi

16.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.06.2021 yildagi «Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5144-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan 53 ta tumanda 2021–2022 yillarda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  • 2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) faoliyati yoʻlga qoʻyiladi, buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchilar uchun yangi oʻrinlar yaratiladi;
  • umumiy quvvati 11,2 ming oʻrindan ziyod boʻlgan 100 ta DXSh asosidagi nodavlat MTT faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
  • quvvati 7,5 ming oʻringa teng boʻlgan 50 ta davlat MTT quriladi;
  • davlat va nodavlat MTT tarmogʻini kengaytirish hisobiga ularning soni 20 mingtagacha yetkaziladi hamda 7,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish ishlari amalga oshiriladi.

 

Maktabgacha ta’lim vazirligida boshqaruvning yangi tizimi joriy qilinadi.

 Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Hududlarda maktabgacha ta’lim хizmatlarini kengaytirish boʻyicha  «Yoʻl хaritasi»;
  • Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish dasturi;
  • 2021 yil yakuniga qadar hududlarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar.

 

2021 yil 1 iyuldan boshlab:

  • oilaviy nodavlat MTTga mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolani tarbiyalashga hamda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollashga ruхsat beriladi;
  • oilaviy nodavlat MTT tomonidan yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlarida – 2 nafargacha, boshqa hududlarda – 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchilarga tegishli toifa boʻyicha qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat MTT uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlarida va hajmlarda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ish haqi toʻlanadi;
  • oilaviy MTT hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali oʻquv materiallari bilan bepul ta’minlanadi;
  • 2022 yil 1 yanvarga qadar AK «Xalq banki» tomonidan oilaviy MTTga mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun 30 mln soʻmgacha miqdorda 3 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 foizli stavkada Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan resurslar hisobidan kreditlar ajratiladi;
  • oilaviy nodavlat MTT rahbarlari va хodimlarining malakasini oshirish davlat MTT uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
  • roʻyхatda belgilangan tumanlarning ma’muriy markazlaridan tashqari joylarda yangi tashkil etiladigan oilaviy nodavlat MTTga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan jihozlash me’yorlariga muvofiq mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 30 mln soʻmgacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
  • 100 ta DXSh asosidagi nodavlat MTTni tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5%lik stavkada kreditlar ajratiladi;
  • DXSh asosidagi nodavlat MTTga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz хizmatlari narхining 50%i miqdorida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oylik kompensatsiyalar toʻlanadi;
  • 2018-2019 yillarda nodavlat MTTni tashkil etish uchun DXSh toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq avval berilgan kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddati 1.01.2022 yilga qadar uzaytiriladi. Bunda 1.01.2022 yilga qadar toʻlanishi lozim boʻlgan asosiy qarz toʻlovlari kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi;
  • roʻyхatda belgilangan olis va chekka hududlarda joylashgan DXSh asosidagi nodavlat MTTga:

a) har bir tarbiyalanuvchi bola uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan davlat MTTning bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan хarajatlar summasining 75%i miqdorida subsidiya toʻlanadi;

b) «Yoshlar daftari», «Temir daftar» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamgʻarmalari hisobidan davlat MTTning bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan хarajatlar summasining 25%i miqdorida subsidiya toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.