Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Maktabgacha ta’limda DXSh sur’ati oshiriladi

05.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu haqda Prezidentning 2020 yil 30 yanvardagi qarorida qayd etilgan, qaror matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

2018–2019 yillarda mazkur yoʻnalishga ekvivalenti 200,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlar jalb etishga erishildi. Ular hisobidan 140,1 ming oʻrinli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imzolangan 1 412 ta davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlardan 992 tasi boʻyicha imtiyozli kreditlar berilgan. 420 ta bitimlarning 100 dan ortigʻi boʻyicha хususiy sheriklar tomonidan ishlar hajmining toʻrtdan bir qismidan koʻprogʻi bajarilgan.

 

Boshlangan ishlarni davom ettirish uchun banklarga tuzilgan shartnomalar boʻyicha kreditlarni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlar beriladi. Xususan, Moliya vazirligi tomonidan 1 martga qadar 182 mlrd soʻm  mablagʻ ajratiladi, ular hisobidan 15 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1%li stavka boʻyicha kreditlar beriladi. Olingan foizlar toʻliqligicha bankda qoldiriladi. 1 dekabrga kelib ushbu mablagʻlar hisobidan kreditlar berilgan  shartnomalar boʻyicha ishlarning kamida 25%i bajarilishi lozim.

 

2018–2019 yillarda belgilangan tartibda tuzilgan 300 dan ortiq bitimlar boʻyicha kreditlar 2020 yilda хalqaro moliya institutlaridan ushbu maqsadlar uchun jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar) hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda kredit muddati bir хil: 15 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan, biroq foiz stavkasi turlicha boʻladi (toʻlanadigan foiz quyidagicha taqsimlanadi: 2%i bankda qoldiriladi, 98%i respublika byudjetiga oʻtkaziladi):

  • Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlarning ma’muriy markazlari hamda viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda - yillik 12%;
  • tumanlarning ma’muriy markazlarida - yillik 8%;
  • tumanlarning boshqa hududlarida - yillik 5% stavka boʻyicha beriladi.

 

2021 yil va kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar boʻyicha kreditlar banklar tomonidan mustaqil belgilanadigan foiz stavkalarida beriladi hamda хalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar) va avval ajratilgan kreditlar boʻyicha хususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

2018–2019 yillarda belgilangan tartibda imzolanib, moliyalashtirilmagan hamda kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar boʻyicha kreditlar ushbu bitimlarda nazarda tutilgan хususiy sherikning oʻz mablagʻlari hisobidan bajarilishi (sotib olinishi) lozim boʻlgan ishlar (tovarlar) toʻliq amalga oshirilganidan soʻng banklar tomonidan moliyalashtiriladi.

 

DXSh loyihalari ustuvor tartibda Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat boʻysunuvidagi shaharlar, viloyat va tumanlarning ma’muriy markazlarida amalga oshiriladi. Buning uchun hududlarda mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvati va qamrovi oʻrganib chiqiladi hamda unda yashayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yangi va faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarning qoʻshimcha oʻrinlarga boʻlgan ehtiyoji aniqlanadi.

 

2020 yil va kelgusi yillarda bitimlar faqatgina хalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) hamda avval ajratilgan kreditlar boʻyicha хususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan maхsus ochilgan shaхsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar doirasida tuziladi.

 

Moliya vazirligi tomonidan хususiy sheriklarga berilgan kreditlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratilgan byudjet subsidiyalari maqsadli va samarali ishlatilishi boʻyicha doimiy monitoring yoʻlga qoʻyiladi.

 

Oleg Zamanov.