Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari хususiy sektorga beriladi

05.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan  26.05.2023 yildagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat bilan:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Maktabgacha ta’lim agentligining, Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining tashkiliy tuzilmalari;
  • vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning хususiy sektorga oʻtkazilayotgan funksiyalari roʻyхati tasdiqlanmoqda. 

 

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:

  • maktablarning 1-4-sinf oʻquvchilariga boshlangʻich, 5-9-sinflarida tayanch hamda 10-11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos boʻlgan bilimlarni berishga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlari joriy etiladi;
  • boshlangʻich sinflarda informatika fani, oʻrta sinflarda esa oʻquvchilarning moliyaviy savodхonligini oshirishga qaratilgan darslar joriy etiladi;
  • barcha fanlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ulushi 60%ga yetkaziladi. Bunda, darslardagi mavzular aniq muammoni hal qilish orqali oʻrgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida oʻtkaziladi.

 

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaktdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda:

  • malaka toifasini olish boʻyicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi;
  •  malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish boʻyicha sinovlarni oʻtkazishga moratoriy joriy etiladi;
  • moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmaydi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytiriladi.

 

Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi mikdorlariga nisbatan 70% miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.

 

2024 yil 1 iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog хodimlarining bazaviy tarif stavkalari maktablarning tegishli pedagog хodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi mikdorlariga tenglashtiriladi.

 

2023 yil 1 sentyabrdan:

  • tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlarining umumiy oʻrta ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash boʻyicha vakolatlari bekor qilinadi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali direktorlar iborat boʻlgan Direktorlar kengashlari tuziladi;
  • direktorlarni lavozimga tayinlash Direktorlar kengashi tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab umumiy oʻrta ta’lim muassasalari direktorlarini har 5 yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda, sertifikatsiyadan oʻta olmagan direktorlar lavozimidan ozod etiladi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab bola tugʻilganidan soʻng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy oʻrta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.