Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi

30.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.04.2024 yildagi “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oʻquvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 242-son qarori qabul qilindi.

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

 

Maktablarga pedagogika boʻyicha mashgʻulotlarni tashkil etish jarayonlarida tegishli hududdagi pedagogika oliy ta’lim muassasasalari yordam beradi.

 

Ilgʻor хorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

 

Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogik sinflari tashkil etilgan maktablar va biriktirilgan pedagogika oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik yordam koʻrsatadi.

 

Hujjat bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • pedagogik sinflarni tashkil etish tartibi;
  • maktablar va pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligi;
  • pedagogik sinflar bitiruvchilariga tegishli kasb boʻyicha ishlash huquqini berish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova