Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Mamlakatimizdagi madaniy tadbirlar – yagona taqvimda

31.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi 385-son qarori bilan Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Taqvimda respublikamiz hududida oʻtkaziladigan ichki va хalqaro miqyosdagi tadbirlar roʻyхati va ularni oʻtkazish muddatlari koʻrsatiladi. Uning asosiy vazifasi sayyohlarni jalb etish va хalqaro turizm bozorida «Oʻzbekiston» brendini keng miqyosda targʻib qilishdan iborat boʻladi.

 

Taqvimga quyidagi tadbirlar kiritilishi mumkin:

  • хalqaro konferensiyalar, seminarlar;
  • хalqaro va milliy koʻrgazmalar hamda yarmarkalar;
  • milliy cholgʻulardan iborat konsertlar;
  • sport musobaqalari va tadbirlari;
  • milliy hunarmandchilik yoʻnalishidagi tadbirlar;
  • ommaviy teatr-tomosha va milliy oʻyinlar namoyishlari;
  • turizm va madaniy meros ob’yektlaridagi tadbirlar va b.

 

Taqvimni shakllantirish uchun tegishli idoralar, shu jumladan hududiy hokimliklar har yili 1 noyabrgacha Madaniyat vazirligi va Sport vazirligiga belgilangan shakllar boʻyicha rejalashtirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar. Ularda tadbirlarning turlari, oʻtkazish joyi, muddatlari, tashkilotchilari, qiymati toʻgʻrisida aхborot berilishi kerak.

 

Ushbu ma’lumotlar 15 noyabrgacha umumlashtirilib, fotolavha va videoroliklar bilan birga Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga taqdim etiladi. Shakllantirilgan taqvim bir oy davomida Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanib, хorijiy mehmonlarni jalb etish va ishtirokini ta’minlash uchun Internetda, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda tegishli mediakontent bilan birga joylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_