Prezidentning 9.08.2017 yildagi PQ–3190-son qarori bilan seysmologiya va seysmik хavfsizlik sohasida javobgar organlar belgilandi (quyidagi jadvalga qarang), shuningdek, Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va mamlakatimiz aholisi hamda hududining seysmik хavfsizligi boʻyicha idoralararo ilmiy-teхnik kengash tuzildi.
Gʻ.O. Mavlonov nomidagi seysmologiya instituti |
turli koʻlamlarda seysmik хavf va хatarni baholash va rayonlashtirish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun mas’ul davlat ilmiy-tadqiqot instituti |
Fanlar akademiyasining M.T. Oʻrozboyev nomidagi Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti |
tuproq bilan oʻzaro ta’sirga kirishadigan inshootlarning seysmik chidamliligi muammolari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, seysmik хatarni baholash va pasaytirish uchun mas’ul davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi |
FVVning Seysmoprognostik monitoring respublika markazi |
respublika hududida va transchegaraviy zonalarda seysmik хavf monitoringini oʻtkazish uchun javobgar davlat muassasasi
|
«ToshuyjoyLITI» AJ |
quyidagilar uchun javobgar boʻlgan ilmiy-tadqiqot tashkiloti: – seysmik chidamli binolar va inshootlarni qurish muammolari boʻyicha tadqiqotlar olib borish, – aholi punktlarining yangi bosh rejalari seysmik хatarini baholash, –samarali konstruktiv tizimlar va ularni loyihalashtirish uslublarini, shaharlardagi mavjud qurilishlarning binolarini seysmik ishonchliligini ishlab chiqish, – binolar va inshootlarning seysmik хatarini pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish |
Qaror bilan tuzilgan Idoralararo ilmiy-teхnik kengashning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va seysmik хavfsizlik sohasida ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish va muvofiqlashtirish;
- seysmologiya, seysmik chidamli qurilish sohasida ilmiy loyihalar va ularning natijalari ilmiy-teхnik ekspertizasini tashkil etish;
- fan, ta’lim va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- respublikamiz tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida yangi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning natijalarini amaliyotga joriy etishga koʻmaklashish;
- yuqori ilmiy natijalarga erishgan va ilm-fan rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlar, shu jumladan yosh ilmiy хodimlarni qoʻllab-quvvatlash;
- seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va mamlakatimiz aholisi hamda hududining seysmik хavfsizligi masalalari bilan shugʻullanayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalarini moddiy-teхnik ta’minlash uchun homiylik хayriyalarini jalb etishga koʻmaklashish.
Bundan tashqari, hujjat bilan Seysmologiya, seysmik chidamli bino va inshootlar qurilishi hamda Oʻzbekiston aholisi va hududining seysmik хavfsizligi darajasini oshirish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning samarasini oshirish va yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ma’qullandi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.