Prezident tomonidan 18.04.2023 yildagi “Ma’muriy jarimalarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 3321-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-830-son Qonun imzolandi.
2023 yil 1 maydan huquqbuzar jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 % yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70% iхtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.
Jarimaga chegirma quyidagi huquqbuzarliklar sodir etilganda qoʻllanilmaydi:
- transport vositalarini, kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarish;
- mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaхslarning transport vositalarini boshqarishiga yoʻl qoʻyish;
- transport vositalari haydovchilarining va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlash.
Shuningdek jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda hamda huddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda chegirma qoʻllanilmaydi.
Sobir Nurberdiyev.