Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ASSA diplomi kimga kerak va uni qanday olish mumkin Qurilish tashkilotlari soliq organidan «ogohlantirishlar» olishiga qanday munosabatda boʻlishi kerak?

Ma’muriy sudga kelmaganlik uchun jarima qoʻllaniladi

05.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 30.01.2025 yildagi «Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy meхanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-33-sonli qaror imzolandi.

 

Endilikda:

  • davlat organi qarori yoki uning mansabdor shaхsi harakati (harakatsizlik) ustidan berilgan arizani ma’muriy sudlarda koʻrishda mansabdor shaхs yoki uning vakili zarur tushuntirishlar berish uchun sud muhokamasida ishtirok etishi shart hisoblanadi;
  • davlat organi mansabdor shaхsi yoki uni taqdirda, mansabdor shaхsga nisbatan sud jarimasi qoʻllaniladi.

 

Ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshitish instituti ham joriy etilmoqda, unda arizachining talablari aniqlanadi va arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi. Dastlabki eshitish muddati 20 kun.

 

Bundan tashqari, sudga hurmatsizlik va uning ajrimlarini bajarmaslik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etilganda, ma’muriy sud ishni mustaqil ravishda koʻrib chiqishi mumkin.

 

Shuningdek, Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berildi.

 

Ma’lumot uchun: Kodeksning birinchi tahriri 2018 yilda qabul qilingan.

 

2025 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub’yekti soliq qoidabuzarliklarini tan olganida, soliq organi tomonidan uning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish tartibi joriy etiladi.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi ham tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.01.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev