Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ma’muriy sudlarda davlat bojini oldindan undirish bekor qilindi

18.01.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.01.2024 yildagi “Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-897-son Qonun imzolandi.

 

Fuqarolar davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaхslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilganda davlat boji fuqarolardan oldindan undirilmasdan, ushbu boj toʻlovi ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra aybdor tarafdan undiriladi.

 

Shuningdek mazkur bojning miqdori qamaytirilmoqda va endilikda BHMning 70%ni tashkil etadi (ilgari 1 BHM boʻlgan).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.01.2024 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev